Kitob ko'rgazmasi - A. S. Pushkin
#Kitob_koʻrgazmasi
📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚
🖌Rus adabiyotining dahosi, hozirgi zamon rus adabiy tilining asoschisi A. S. Pushkin 1799- yil 6- iyun kuni tavalludi munosabati bilan kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
📖Pushkinning rus madaniyati taqdiridagi roli benihoya buyuk. U yangi rus adabiyotiga asos solish bilan birga rus adabiy tilining ham shakllanishiga ulkan hissa qoʻshdi. Rus adabiyotida realizm va xalqchillik tamoyillarining, qator sheʼriy janrlarning shakllanishi va taraqqiyoti Pushkin nomi bilan chambarchas bogʻliq. Pushkinning rang-barang ijodi nafaqat keyingi rus adabiyoti, balki musiqa, teatr, balet, rang-tasvir singari sanʼat turlarining ham rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Boshqa qardosh adabiyotlar qatori 20-asr oʻzbek adabiyotining taraqqiyotida ham Pushkin ijodining taʼsiri sezilarlidir.
June 9, 2025, 6:47 p.m.