Kitob ko'rgazmasi - 1-iyun Xalqaro bolalar kuni
📚Kitob_ko'rgazmasi
📚Bolalar nurafshon kelajagimiz!
📚Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misoli.
Ushbu kunning ham o‘z tarixi bor. Bu kunni aynan 1-iyun sanasida nishonlash taklifi 1925-yil Jenevada ilgari surilgan va 1950-yildan esa 1-iyun Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Mazkur sananing asosiy mohiyatlaridan yana biri uning bayrog‘ida ham o‘z ifodasini topgan.
May 30, 2025, 2:43 p.m.