"Kitob – ilm va hikmat manbai!"

📚Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Shu sababdan Axborot- kutubxona markazida SamDu Urgut filiali ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari P.X.Qahhorov ,Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti tyutorlari  hamda talabalari va kitobxonlar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati yakunida SamDU Urgut filiali talabasi Feruza Jalilova tomonidan Fotix Dumanning  " MEN" deb nomlangan asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Taqdimot munozaralarga boy bo‘lib, kishining madaniyati uning kitobida aks etishi, inson o‘zining fikrlash qobiliyati, ma’naviyat dunyosi bilan tirikligi,odamni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi omillardan biri ham uning ma’naviyati hisoblanishi ta'kidlandi.


Jan. 6, 2025, 12:01 p.m.