“Kitob – eng yaxshi do‘st, ilm manbai” - 69-maktab
“Kitob – eng yaxshi do‘st, ilm manbai”
Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tumandagi 69-maktabga tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazdilar. Tadbirning maqsadi yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, badiiy va ilmiy adabiyotlarning ahamiyatini tushuntirish hamda ularni muntazam mutolaaga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
Suhbat davomida o‘quvchilarga kitobning inson tafakkurini boyitishdagi, nutq va dunyoqarashni rivojlantirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Kitobxonlik madaniyati, elektron adabiyotlardan to‘g‘ri foydalanish, kutubxona xizmatlarining qulayliklari borasida ham tavsiyalar taqdim etildi.
Tadbir jarayonida o‘quvchilar o‘zlariga yoqqan kitoblar haqida fikr almashdilar, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Nov. 21, 2025, 9:24 a.m.