“Jaholatga qarshi ma’rifat”mavzusida tadbir bo‘lib o'tdi

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Jaholatga qarshi ma’rifat”mavzusida tadbir bo‘lib o'tdi. 

Tadbirda ishtirok etgan kitobxonlar 

“Jaholatga qarshi ma’rifat”-nafaqat ilm-fan va tafakkur yo‘lini targ‘ib

qiladi, balki jamiyatni zo‘ravonlik, adolatsizlik va xurofotlardan xalos etishga xizmat qiladi.

Jaholat — bu bilimsizlik, nodonlik, haqiqatdan yiroqlikdir. 

U insonni xato qarorlar qabul qilishga, noto‘g‘ri yo‘ldan yurishga majbur qiladi. Jamiyatda jaholat keng tarqalsa, zo‘ravonlik, adolatsizlik, murosasizlik va orqaga qaytish holatlari kuchayadi.

Ma’rifat — bu bilim, tafakkur, ong va madaniyatdir

U insonni o‘ylashga, haqiqatni izlashga, o‘zini va atrofdagi dunyoni tushunishga undaydi. Ma’rifatli jamiyat taraqqiy etadi, adolat va tinchlik ustuvor bo‘ladi deyildi

"Jaholatga qarshi ma’rifat" — bu har bir inson va jamiyat uchun yo‘l xaritasi

 U o‘zgarishlar, taraqqiyot va nurli kelajak kalitidir.

XULOSA: 

Biz qancha ko‘proq o‘qisak, o‘rgansak va boshqalarga o‘rgatsak — shuncha ko‘p zulmat yo‘qoladi.


July 16, 2025, 1:32 p.m.