“INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining to‘rtinchi kunida Axborot-kutubxona markazida navbatdagi mazmunli tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Milliy gvardiya Urgut tuman bo‘limi xodimlari, kitobxonlar ishtirok etdi.
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida haftalik davom etmoqda!
“INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining to‘rtinchi kunida Axborot-kutubxona markazida navbatdagi mazmunli tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Milliy gvardiya Urgut tuman bo‘limi xodimlari, kitobxonlar ishtirok etdi.
Buyuk o‘zbek shoirlaridan biri, o‘zbek adabiyotiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa, ammo mazmunli ijodiy umr kechirgan Usmon Nosir tavalludining 113 yilligiga bag‘ishlab kitobxon, SamDU universiteti talabasi Shahina Rahmonova tomonidan tayyorlangan taqdimot bilan boshlandi.
Davra suhbatida shoirning hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan bebaho hissasi, Vatan va inson ruhiyatini yuksak mahorat bilan ifodalagan she’rlari haqida so‘z yuritildi.
Tadbir yakunida shoir Usmon Nosirning hayot yo‘lini yorituvchi video lavha namoyish etildi.
Nov. 19, 2025, 10:42 a.m.