“INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Urgut tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitob – eng yaxshi do‘st, ilm manbai” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida haftalik davom etmoqda!
“INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Urgut tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitob – eng yaxshi do‘st, ilm manbai” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Tillarni o‘qitish kafedrasi dotsenti Sh.D. Baxriyeva ishtirok etdi va u tomonidan talabalar uchun mo‘ljallangan yangi darslik taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida muallif darslik yaratilish jarayoni, unda qo‘llanilgan yangi pedagogik yondashuvlar, talabalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan usullar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ishtirokchilar darslik mazmuni, undagi amaliy mashg‘ulotlar va til o‘rganish samaradorligini oshiruvchi topshiriqlar bilan tanishdilar hamda muallif tomonidan kutubxona fondini boyitish maqsadida kitob va darsliklar sovg‘a qilindi.
Nov. 19, 2025, 11:05 a.m.