“INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Urgut tuman axborot-kutubxona markazida haftalikning beshinchi kuni yanada qiziqarli va mazmunli tarzda tashkil etildi - "Zakovat" - 3-89-154-maktablar
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida navbatdagi ijodiy va bilimga boy hafta!
“INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Urgut tuman axborot-kutubxona markazida haftalikning beshinchi kuni yanada qiziqarli va mazmunli tarzda tashkil etildi.
Ushbu kunda kitobxonlar, yoshlar hamda bilimga chanqoq ishtirokchilar uchun keng ommaga manzur bo‘lgan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.Unda tumandagi 3-89-154-maktab kitobxonlari ishtirok etdi.
Viktorina davomida kitob o‘qish madaniyati, o‘zbek va jahon adabiyoti, zamonaviy bilimlar bo‘yicha savollar berilib, ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Savol-javoblar kechasi esa erkin fikr almashish, o‘rganganlarini mustahkamlash hamda yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini yaratdi. Kutubxona xodimlari tomonidan tayyorlangan qiziqarli savollar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Nov. 19, 2025, 11:15 a.m.