"INFOLIB OʻZBEKISTON 2025" XIV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI OCHILISH -123-maktab

 Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi davom etmoqda.

Haftalikning birinchi kuni yakunida, kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida 123-maktabning faol yosh kitobxonlari ishtirokida “Kitobxona – bilim manbai” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
 Tadbir davomida o‘quvchilar o‘z sevimli adiblarining asarlari haqida so‘z yuritib, kitoblar inson tafakkurini boyituvchi, ma’naviyatni yuksaltiruvchi beqiyos boylik ekani haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, yosh kitobxonlar tomonidan badiiy chiqishlar,sahna ko‘rinishlari namoyish etildi .
 Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlodni kitob o‘qishga qiziqtirish, mutolaa madaniyatini oshirish hamda kutubxonaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yanada kuchaytirishdan iboratdir.


Nov. 10, 2025, 10:43 p.m.