"INFOLIB OʻZBEKISTON 2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi ochilish

Urgut tuman axborot-kutubxonamarkazida haftalik!

 Bugun Axborot-kutubxona markazda  “INFOLIB OʻZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kutubxona -ma’naviyat maskani”deb nomlangan tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, xodimlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urgut tuman bo‘linmasi xodimlari,maktab va maktabgacha ta‘lim bo‘limi o‘rinbosari,teknikum va maktab o'qituvchilari hamda faol kitobxonlar ishtirokida ijodkorlar bilan uchrashuv , kutubxona faoliyati bilan tanishish amalga oshirildi.
Korxona va tashkilot xodimlariga kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun”loyihasi asosida kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
Shuningdek,axborot-kutubxona sohasidagi ilg‘or tajribalar almashinuvi, zamonaviy kutubxona texnologiyalari yuzasidan seminar o‘tkazildi.


Nov. 10, 2025, 10:38 p.m.