"INFOLIB OʻZBEKISTON 2025" XIV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI DOIRASIDA OʻQUV SEMINAR TASHKIL ETILDI

 Urgut tuman Axborot-kutubxona markazida seminar tashkil etildi
 Urgut tuman Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida kutubxonachilar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

 Seminarning asosiy maqsadi — zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini rivojlantirish, kutubxonachilarning kasbiy mahoratini oshirish, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etishdan iborat bo‘ldi.

 Tadbir davomida soha mutaxassislari kutubxonachilik sohasida axborot madaniyatini oshirish hamda kitobxonlikni targ‘ib qilishning innovatsion usullari haqida ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.

 Shuningdek, seminar ishtirokchilari o‘z faoliyatidagi yutuq va tajribalari bilan o‘rtoqlashib, muhokama va fikr almashuvlar olib bordilar.

 Mazkur seminar kutubxona xodimlari uchun o‘z ustida ishlash, yangiliklarni o‘rganish va kitobxonlarga xizmat sifatini yanada yaxshilash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.


Nov. 11, 2025, 10:20 p.m.