"INFOLIB OʻZBEKISTON 2025" XIV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI DAVOM ETMOQDA - Eng faol kitobxon
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida haftalik
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi davom etmoqda.
Haftalikning maqsadi — aholining, ayniqsa yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, axborot-kutubxona sohasining yutuqlarini targ‘ib qilish hamda kitobxonlik madaniyatini keng yoyishdan iboratdir.
Haftalikning ikkinchi kuni kitobxonlikni yanada rivojlantirish va targ‘ib qilish maqsadida “Eng faol kitobxon” hamda “Har kun yigirma sahifa” loyihalarining faol ishtirokchilari aniqlanib, ularning mehnati e’tirof etildi. Loyihalar doirasida o‘quvchilarning har kuni kamida yigirma sahifa kitob o‘qish orqali o‘z bilimini boyitish, tafakkurini kengaytirish hamda o‘qishga bo‘lgan odatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida faol ishtirok etgan kitobxonlar faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Nov. 11, 2025, 9:35 p.m.