"INFOLIB OʻZBEKISTON 2025" XIV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI DAVOM ETMOQDA - 2-SON POLITEXNIKUMI TALABALARI
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida haftalik!
Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB OʻZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining birinchi kuni davomida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida kutubxona bo‘ylab sayohat tashkil qilindi.
"Qiziqarli kutubxonada" nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya Urgut tumanidagi 2-son politexnikumi talabalari uchun tashkil qilindi.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.
Nov. 10, 2025, 11:13 p.m.