"INFOLIB OʻZBEKISTON 2025" XIV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI DAVOM ETMOQDA - 2-kun qiziqarli ekskursiyalar
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida haftalik!
Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB OʻZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining ikkinchi kuni davomida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida kutubxona bo‘ylab sayohat tashkil qilindi.
"Qiziqarli kutubxonada" nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya Urgut tumanining turli hududidan tashrif buyurgan kitobxonlar uchun tashkil qilindi.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.
Nov. 11, 2025, 9:42 p.m.