"INFOLIB OʻZBEKISTON 2025" XIV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI 3-KUN - URGUTLIK YOSH IJODKORLAR BILAN DAVRA SUHBATI
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida haftalik!
Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB OʻZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining uchinchi kunida “Urgutning ijod gulshani” deb nomlangan Urgutlik ijodkorlar bilan yosh ijodkor qizlar uchrashuvi va davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — tumanda faoliyat yuritayotgan iste’dodli ijodkorlar bilan yosh ijodkor qizlar o‘rtasida ijodiy tajriba almashish, adabiyot va san’atga bo‘lgan mehrni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda Urgutlik taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyot ixlosmandlari hamda ijodga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida shoira Farog'at Farmonova o‘z ijodi,asarlari, ijodiy izlanishlari va ilhom manbalari haqida so‘z yuritidi.
Suhbat davomida ishtirokchilar ijodning jamiyat hayotidagi o‘rni, ayol ijodkorlarning adabiyotdagi roli va yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida fikr almashdilar.
Nov. 13, 2025, 10:04 p.m.