"INFOLIB OʻZBEKISTON 2025" XIV MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI 3-KUN - Pirimqul Qodirovning "Avlodlar dovoni" asari muhokama qilindi
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida haftalik!
Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB OʻZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining uchinchi kuni “Kitobsevarlar klubi” a’zolari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda Primqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” asari muhokama qilindi.
Tadbirning maqsadi — kitobxonlar orasida badiiy asarlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, milliy adabiyotimiz durdonalarini chuqur o‘rganish hamda yosh avlod qalbida tarixiy xotira va milliy g‘ururni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Suhbat davomida klub a’zolari yozuvchi asarlaridagi tarixiy haqiqat, millat taqdiri, insoniy fazilatlar va Vatanparvarlik g‘oyalari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Ishtirokchilar Primqul Qodirovning o‘ziga xos badiiy uslubi, qahramonlar xarakteri hamda asarning o‘quvchi qalbiga ta’sirchanlik darajasi yuzasidan tahliliy mulohazalar yuritdilar.
Nov. 13, 2025, 10:09 p.m.