Ilmli ona farzandi, kelajakni yaratadi
“Kitobxon onalar kuni” bo‘lib o‘tdi
📚 Urgut tuman axborot-kutubxona markazi hamda Yoshlar ishlari Urgut tuman bo'limi bilan hamkorlikda xalqimizning milliy bayrami - Navro‘z ayyomi munosabati bilan “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan badiiy, madaniy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o'tdi. "Ilmli ona farzandi, kelajakni yaratadi" deb nomlangan shior ostida o‘tkazilgan "Kitobxon onalar" kunida faol kitobxon xotin-qizlar, buvijonlar, uy bekalari bilan bir qatorda shoirlar ishtirok etdi.Ushbu tadbirda kitobxonlarimiz o‘qigan O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari"kitobi bo'yicha savol-javoblar, ushbu kitobdagi hikoyadan monologlar aytildi.Tadbirda faol ishtirok etgan barcha ishtirokchilar orasidan
1-o‘rinni Nigina Sobirjonova, 2-o‘rinni Malikova Maftuna
3-o‘rinni Yusupova Shahrizoda
egalladi.
🎁Tadbir so'ngida ishtirokchilar kitob jamlanmalari bilan taqdirlandi.
March 18, 2025, 9:59 p.m.