"Ilm tafakkurning buyuk namoyandasi" nomli kitob targʻiboti oʻtkazildi
Axborot-kutubxona markazida kitob targʻiboti!
Axborot-kutubxona markazida Kitobsevarlar klubi bilan hamkorlikda “Ilmiy tafakkurning buyuk namoyandasi ” nomli kitob targʻiboti o‘tkazildi.
Ushbu targʻibot buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, kitobxonlarga ajdodlarimizning ilmiy merosini o‘rganish, ilmga, o‘qishga va tafakkurga qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etildi.
Targ‘ibot davomida kitobdan qiziqarli ma’lumotlar o‘qildi, Beruniyning fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida suhbatlar olib borildi.
Bunday kitob targ‘ibotlari yosh kitobxonlarda kitob o‘qishga muhabbat, ilmga mehr va ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
Oct. 13, 2025, 10:08 a.m.