“Ijtimoiy tarmoqlar ta’siri” metodik qo’llanma kitobi taqdimoti

“Ijtimoiy tarmoqlar ta’siri” metodik qo’llanma kitobi taqdimoti

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urgut tumani bo’linmasi bilan hamkorlikda “Ijtimoiy tarmoqlar ta’siri” metodik qo’llanma kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.

Mazkur taqdimot davomida ushbu qo‘llanmaning yoshlarga ijtimoiy tarmoqlardan ongli va mas’uliyatli foydalanishda yo‘l-yo‘riq berishi, zararli axborotlardan himoyalanish hamda raqamli madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Taqdimotda qo‘llanmaning yoshlar ongini zaharli axborotlardan asrash va ijtimoiy tarmoqlarda mas’uliyatli xulq-atvorni shakllantirishdagi o‘rni alohida e’tirof etildi.

Respublika ma‘naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘limi tomonidan uch nusxada axborot -kutubxona markazi fondini boyitish uchun topshirildi.


Aug. 7, 2025, 8:58 p.m.