Husniddin Fayyozov
#Urgut_fidoyilari
Husniddin Fayyozov 1959-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanining Mergancha qishlog'ida tug'ilgan. S.Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika institutida tahsil olib, koʻp yillar davomida umumta'lim maktablarida ona tili va adabiyotdan dars berdi. Shuningdek, u o'n sakkiz yil davomida tuman “Urgut sadosi” gazetasi tahririyatida ham faoliyat ko'rsatdi. Bolalik chog'laridanoq she'riyatga mehr qo'ygan Husniddin Fayyozovning ijod namunalari mazmunan va shaklan rang-barangdir. Nazmining aksariyatini g'azallar tashkil etadi.
H.Fayyozov “O'zbekiston Mustaqilligiga 15 yil" esdalik nishoni bilan taqdirlangan. O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasining a'zosi.
H.Fayyozov rus she'riyatidan qilgan ko'plab tarjimalari uchun Rossiya Yozuvchilar Uyushmasi Moskva shahri tashkilotining “За верность отечественной литературе" nomidagi Diplomi va “И.A.Бунин 1870 - 1953" medali hamda Butunjahon Yozuvchilar Uyushmasining Vilyam Shekspir nomidagi diplomi bilan taqdirlangan.
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
April 9, 2025, 1:09 p.m.