Husniddin Fayozov xonadoniga kitobxonlar bilan ijodiy uchrashuv
“Ijodiy uchrashuv "
📚 Urgut tuman axborot-kutubxona markazi hamda tuman maktabgacha va maktab ta‘lim bo‘limiga qarashli 56- maktab bilan hamkorlikda
"O'zbekiston-kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi " doirasida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mergancha mahallasida shaxsiy kutubxona ochgan shoir va ijodkor Husniddin Fayozov xonadoniga kitobxonlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi va qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi.
April 23, 2025, 9:31 p.m.