Hamdamov Qilich A‘zamovich "Amir Temur " ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Kitobxonlar e‘tirofda

"Kitob – umr mushtiparidir"

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida yurtimizning ma’naviy-ma’rifiy hayotida faol ishtirok etayotgan, kitobga mehr qo‘ygan, uzoq yillar davomida bilim va ma’rifat targ‘ibotchisi bo‘lgan Qilich Hamdamovni keksa kitobxon sifatida ulug‘lash va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir "Kitob – umr mushtiparidir" nomi ostida o‘tkazilib, unda Qilich aka Hamdamovning yosh avlodga ibrat bo‘ladigan hayoti, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.Qilich Hamdamovning fidokorona faoliyatini yuksak baholab, u kishining kutubxonamizdagi eng faol, doimiy kitobxonlaridan biri ekanligini ta’kidlandi. 

📖 Davra suhbati yakunida Vatanimiz O‘zbekistonda inson qadri naqadar ulug‘ligi isbotini topdi.

🎖Hamdamov Qilich A‘zamovich "Amir Temur " ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Qilich Hamdamov ham o‘z minnatdorchiligini bildirib, yoshlarni ko‘proq kitob o‘qishga, tarix va milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarashga chaqirdi.


July 18, 2025, 6 p.m.