"Gender tenglik taraqqiyot kafolati" mavzusida maqolalar,kitoblar asosida ko‘rgazma tashkil etildi.

"Gender tenglik taraqqiyot kafolati"
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo'yicha Respublika komissiyasi majlisining 2025-yil 6-noyabrdagi 16-son bayoni qarori topshiriqlarini ta‘minlash maqsadida Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan "Gender tenglik taraqqiyot kafolati" mavzusida maqolalar,kitoblar asosida ko‘rgazma tashkil etildi.
Ushbu tashabbus xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni mustahkamlash va jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga xizmat qiluvchi muhim qadam bo‘lib, istiqbolda ham bunday ma’rifiy tadbirlar izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.


Nov. 26, 2025, 3:42 p.m.