G‘afur G‘ulom tavalludining 122 yilligi
✅ Urgut tunan axborot - kutubxona markazida O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom tavalludining 122 yilligi munosobati bilan "Bizning uyga qo‘nib o‘ting do‘stlarim" nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📌G‘afur G‘ulom 1903-yil 10-mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topgan.
📌 To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G'afur G'ulom avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim olgan.
📝 «Dinamo» va «Tirik qo‘shiqlar»nomli dastlabki she’riy to‘plamlari«Ko‘kan» dostonini, «To‘y», «Ikki vasiqa» balladalarini yaratdi.«Kuzatish», «Sen yetim emassan»,«Netay», «Yodgor»,«Tirilgan murda»,«Shum bola»kabi qissalarini ham yaratdi.
📝 U «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga katta mahorat bilan o‘girgan.
📌 O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom 1966-yil 10-iyulda Toshkentda vafot etdi.
May 14, 2025, 5:15 p.m.