"Ezgulik yoʻlida toʻlmagan ustoz" adabiy-badiiy kecha

“Ezgulik yo‘lida tolmagan ustoz” adabiy-badiiy kecha 

O‘zbekiston ta’lim sohasida har yili 1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni yurtimiz bo‘ylab yuksak ehtirom bilan nishonlanadi. Shu munosabat bilan Urgut tuman Axborot-kutubxona markazida “Ezgulik yo‘lida tolmagan ustoz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda 123-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘qituvchilari, yosh kitobxonlar, talaba-yoshlar hamda faxriy ustozlar ishtirok etdi.

Tadbirni  kutubxona direktori Zamira Murtazoyeva kirish so‘zi bilan ochib, ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi o‘rni, ular tarbiyalayotgan yosh avlodning kelajak taraqqiyotidagi beqiyos hissasi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ko‘p yillar davomida kutubxonada faoliyat yuritib, kitobxonlikni keng targ'ib qilishda jonbozlik ko‘rsatgan fidoiy ustozlar yodga olindi.  

Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilarga  faxriy yorliq topshirildi.


Oct. 7, 2025, 12:35 p.m.