El ardog'idagi inson

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi xodimi”, “El-yurt hurmati”, “Do'stlik” ordenlari sohibi ,Xalqaro Turon yozuvchilar uyushmasi , Markaziy Osiyo yozuvchilari va olimlari jamiyati a'zosi, Turon fanlar akademiyasining akademigi G'aybiddin Fazliyev bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. G'aybiddin Fazliyev 1944-yilning 1-fevralida Samarqand viloyati Urgut shahrida ishchi oilasida tug'ilgan.1991 yilda Urgut tumanida birinchilardan bo'lib Urgut tuman xalq ta'limi qoshida “Iqbol” nomli litseyga asos solgan. 

“Daraxtlar nega har xil?” , “Allayoron afsonasi” , “Chiroqlarim”, kabi kitoblari bolalarga bag'ishlangan. “Hayfsan” , “G'ubor yo'llamagan tuyg'ular” , “Sanaqul va Bozorvoy sarguzashtlari”roman, “Qon sachragan lolalar” , “Oy yerdan yuz o'girmas” devon ,”Oshufta dil tug'yoni” she'rlar , “Maktub” qissa , “Telba hayol” hajviy she'rlar , “Ma'lum urushning noma'lum qahramonlari” harbiy mavzudagi hujjatli qissalar  kabi kitoblar muallifi.


Feb. 8, 2025, 11:19 p.m.