"VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN" NOMLI EZGU SHIOR OSTIDA "MAʼNAVIYATGA SAYOHAT" NOMLI KITOB YARMARKASI TASHKIL ETILDI
Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilxomlantiramiz
Bugun yurtimizda ma’naviyat, ma’rifat va kitobxonlikni targ‘ib qilish yo‘lida yana bir ezgu qadam tashlandi. Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun” degan ezgu shior asosida "Ma’naviyatga sayohat" nomli kitob yarmarkasi tashkil etildi. Ushbu tadbir yurtdoshlarimiz qalbida katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbir kitobsevarlar uchun chinakam bayramga aylandi. Turli nashriyotlar tomonidan taqdim etilgan badiiy, ilmiy, tarixiy, bolalar va zamonaviy adabiyotlar bilan boyitilgan yarmarka mehmonlarga boy ma’naviy olam sari eshik ochdi.
Tadbir davomida ijodkorlar bilan uchrashuvlar, kitob taqdimotlari, adabiy mushoiralar va yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etildi. Bu esa kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yana-da oshirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yuksak ma’naviy qadriyatlarni singdirishda muhim omil bo‘ldi.
Oct. 13, 2025, 10:18 a.m.