Dolzarb 90 kun - Yozgi ta'tilni mazmunli o'tkazish
#dolzarb_90_kun
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida so‘nggi 90 kun mobaynida kutubxonada amalga oshirilgan tashriflar muntazam ravishda tashkil etilib, o‘quvchilar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, badiiy adabiyotga qiziqish uyg‘otish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yozgi ta‘til vaqtida maktabgacha ta'lim tashkiloti bolajonlari, umumta’lim maktab o‘quvchilari, talabalar hamda mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan rejaga asosan axborot-kutubxona markazida "Kitoblar ko‘rgazmasi" hamda bolajonlar ishtirokida musiqali badiiy kecha tashkil etildi.
June 13, 2025, 7:42 p.m.