Davra suhbati - 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”

2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”
deb e’lon qilingani munosabati bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida mazmunli davra suhbati tashkil etildi. 
Tadbirda kitobxonlar, kutubxona xodimlari ishtirok etdi.Davra suhbatida mazkur yilning ustuvor vazifalari, xususan, mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdilar.Tadbir davomida axborot-kutubxona markazining jamiyatni yuksaltirishdagi o‘rni alohida ta’kidlanib, aholining barcha qatlamlari uchun ochiq muloqot maydonlarini kengaytirish,targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish muhimligi qayd etildi.


Jan. 8, 2026, 2:42 p.m.