"Davra suhbati "
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek detektiv yozuvchisi va jamoat arbobi Nuriddin Ismoilov tavalludga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Yozuvchi 1969-yili 20-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi Avliyotepa qishlogʻida tugʻilgan.
1991-1997 yillarda Toshkent universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
Yozuvchi Nuriddin ISMOILOVning bir qancha hikoya va qissalari matbuotda e’lon qilingan. “Odamlar orasidagi odamlar” deb nomlangan hikoyalar to‘plami, “O‘limga mahkum qilinganlar”, “Milliarderga qo‘yilgan tuzoq”, “Burgut tog‘da ulg‘ayadi” (1-, 2-kitoblar), “Jaholat qurbonlari”, “Omonat g‘or siri”, “Iblis saltanati” , “Baxtning olis manzili”, “Mafiya sardori” , “Shahzoda” nomli sarguzasht-detektiv romanlari kitob holida chop etilgan.
Jan. 30, 2025, 8:16 a.m.