"Davlat xizmatchisi oilasi bilan kutubxonada bir kun" - Beshkapa 2-MFY ijtimoiy xodimi
"Davlat xizmatchisi oilasi bilan kutubxonada bir kun"
Kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst. Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan maʼrifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu odob sirlarini oʻrganishga chorlab kelishgan.Bundan xulosa qilgan xodimlardan “Davlat xizmatchisi kutubxonada oila a’zolari bilan bir kun” loyihasi doirasida tumandagi Beshkapa-2 MFY ijtimoiy xodimi Tursunova Kifoyat Suyunovna o‘z farzandi , turmush o‘rtog‘i bilan kutubxonaga tashrif buyurib,a‘zo bo‘ldi. Shuningdek, o‘zlari uchun sevimli bo'lgan kitoblardan mutolaa uchun olishdi.
June 24, 2025, 7:45 p.m.