Chustiy - tavallud kuni

#Tavallud kun 

Chustiy - shoir, tarjimon 1904 - yil 20 - fevralda Namangan viloyatining Chust shahrida tavallud topgan.

Chustiy – shoirning adabiy taxallusi bo’lib, Asl ismi-sharifi Nabixon (Nabixo’ja) Nurillaxo’ja o’g’li. Chustiy butun umri davomida 20 ga yaqin she’riy to’plam yaratgan va nashr ettirgan bo’lib, ular janr va uslub jihatidan boy va rango-rangdir. Uning “Qo’zg’olon” (1942), “Shamshir” (1943), “Lolazor” (1945), “Hayot zavqi” (1951), “Gul mavsumi” (1969), “G’azallar” (1978), “Yod eting kamtarin Chustiyni ham” (1984) kabi qator she’riy majmualari qatorida “Zafarnoma” (1939), “Tiriklayin jannatga kirgan kampir” (1939), “Kiyiknoma” (1940), “Gul sadosi” (1949), “Uyg’urobod” (1948), “Bog’i Eram” (1978) kabi dostonlari ham kitobxonlar tomonidan iliq kutib olingan.

Shoir 1983 - yil 12 avgustda vafot etgan.


Feb. 21, 2025, 5:53 p.m.