”Chorchinor" sog’lomlashtirish oromgohida "Mutolaa qilib sizga ham tavsiya qilamiz" deb nomlangan tadbir tashkil etildi
”Chorchinor" sog’lomlashtirish oromgohida "Mutolaa qilib sizga ham tavsiya qilamiz" deb nomlangan tadbir tashkil etildi.
Sog’lomlashtirish oromgohida bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaaga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirish hamda og'zaki nutqini rivojlantirish, ertak orqali tarbiyalash maqsadida Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ”Chorchinor" sog’lomlashtirish oromgohida "Mutolaa qilib sizga ham tavsiya qilamiz" deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Kutubxona xodimlari tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirda bolajonlar o‘zlari o‘qigan kitoblardan aytib berish orqali boshqalarni ham kitob o‘qishga da'vat etishdi.
July 10, 2025, 1:43 p.m.