“Buyuklar haqida 100 ta dalil" - Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari

“Buyuklar haqida 100 ta dalil"

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari uchun “Oʻzbekiston tarixi” telekanali hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamkorligida tayyorlangan “Buyuklar haqida 100 ta dalil” kitoblar jamlanmasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirni Markaz direktori Zamira Murtazoyeva ochib berdi. Kirish soʻzi boshida mazkur toʻplam moʻjazgina boʻlishiga qaramay, uning ustida bir qator mutaxassislar mehnat qilganini taʼkidladi.Ushbu kitoblar toʻplami “100 ta dalil” loyihasi doirasidagi ilk qadam, unda 10 nafar dunyoga mashhur ajdodlarimiz haqida eng muhim, bilishimiz zarur bo‘lgan ma’lumotlar jamlangan. Kitoblar 8 ta tilda chop etilgan deya soʻzni abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi Mohichehra Safoyeva oʻz mulohazalari bilan davom ettirdi.Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari faol ishtirok etgan taqdimotda kitob haqida yetarlicha tasavvur shakllantirish maqsadida maxsus rolik namoyish etildi.


July 30, 2025, 11:19 p.m.