Buyuk sarkarda va davlat arbobi

📚9-aprel — Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!

Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan.

 

Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.

 

#Buyuk sarkarda va davlat arbobi 

 

Bugun Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda

 54- umumiy o‘rta ta‘lim maktabi kitobxonlari bilan hamkorlikda Yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli , markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur tavalludining 689-yiliga bag‘ishlab “Yuz yilda tug‘ilar bir sardor" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida  o‘quvchilar  Amir Temur hayoti va uning  bosib o‘tgan yo‘llari haqida  batafsil bayon etdi. Tadbir barchaga katta taassurot qoldirdi.


April 11, 2025, 3:28 p.m.