“Buyuk Adib — Izzat Sulton” ning tavallud kuni

“Buyuk Adib — Izzat Sulton” ning tavallud kuni 
Urgut tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan O‘zbekistonning yirik davlat va jamoat arbobi, taniqli olim, akademik, adabiyotshunos, dramaturg, Shuhrat medali sohibi, Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati Izzat Sultonning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab kitobxonlari ishtirok etdi. 
Ular uchun adibning ilmiy merosi, badiiy asarlari,adabiyotshunoslikka qo‘shgan beqiyos hissasi hamda uning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan xizmatlarini yorituvchi videorolik namoyish etildi.
Ushbu tadbir Izzat Sultonning boy ilmiy va adabiy merosini keng jamoatchilikka tanishtirish, yoshlar qalbida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.


Dec. 1, 2025, 11:06 a.m.