"Bolalarga bering dunyoni" shiori ostida - 54-maktab

📚Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Bolalarga bering dunyoni" shiori ostida 54-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi kitobxonlari bilan tadbir o‘tkazildi. 

✅Tadbir doirasida bolalar bilan "Ertak qahramonlarini topish", "Kim ko‘p she‘r aytadi" va turli raqslar asosida badiiy chiqish tashkil etildi.

Shuningdek, kitobxonlar o'zlari o'qigan ertak qahramonlari haqida so'zlab berdilar, kitob haqida she'rlar oʻqidilar.

Tadbir bolajonlarga katta taassurot qoldirdi.


June 3, 2025, 4:58 p.m.