Baxtiyor oila kitobi taqdimoti

Kitob taqdimoti 

📚Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda kitobxonlar klubi ishtirokida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning Baxtiyor oila kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot aboniment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish boʻlimi mutaxasisi Mohichehra Safoyeva tomonidan tashkil etildi.Ushbu kitob oilaviy munosabatlarga oid ahkomlarining keng va batafsil sharhi bo‘lib, musulmon kishi oilaviy hayotga oid bilishi lozim bo‘lgan barcha masalalarni o‘z ichiga oladi. Kitobda insonga ikki dunyo saodati yo‘lini ko‘rsatib bergan Islom dinining baxtli, saodatli oila qurish, ota-onaga, qaynota-qaynonaga munosabat, kelin va kuyov tanlash, farzand tarbiyasi kabi ko‘plab dolzarb mavzulardagi ta’limotlari orqali baxtli oilaviy hayot dasturi ko‘rsatib beriladi deya ta‘kidlab o‘tdi.

Mutaxassis ushbu kitobni o‘qishga tavsiya etdi. Kitobxonlarga taqdimot katta taassurot qoldirdi. 


March 29, 2025, 8:29 a.m.