Baxtiyor Abdug‘afurning qalamiga mansub "Jaloliddin Manguberdi" kitobi targ‘ibotini o‘tkazildi
Kitob targ‘boti
📚Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari " Kitobsevarlar“ klubi a‘zolari bilan hamkorlikda Baxtiyor Abdug‘afurning qalamiga mansub 📖 "Jaloliddin Manguberdi" kitobi targ‘ibotini o‘tkazdi.
Targ‘bot Jartepa MFY fuqarosi, Chet tililar instituti 1-bosqich talabasi Sarvara Ibragimova tomonidan tashkil etildi. Tarixiy qahramonlar hayoti barcha davrlarda o‘quvchilar eʼtiborida bo‘lgan. Bugungi kun talabi, qolaversa, ajdodlarimiz faoliyatiga qiziqish Baxtiyor Abdug‘afurni yana bir asar ustida ishlashga undadi.
Jaloliddin Manguberdining tug‘ilishidan tortib, bolaligi, ilmu harbiyga qiziqishi, isteʼdodu iqtidori, faoliyatidagi boshqa sultonlarga, jahongirlarga o‘xshamagan xislatlari bilan aynan mazkur – Sulton Jaloliddin Manguberdi romanida tanishishingiz mumkin deya kitobxon so‘z boshladi.
Kitobxon kitob haqida gapirib berib, kitobxonlarni ushbu kitobni mutolaa qilishga chaqirdi.
July 10, 2025, 2:31 p.m.