AYOL KITOBXON BO‘LSA, OILA KITOBXON BOʻLADI

Yangi loyiha o‘z ishini boshladi.
“Ehtiromdasiz kitobxon onaxonlar” loyihasi Samarqand viloyat A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, joylardagi shahar, tuman hokimligi, mahallalar  hamkorligida uyushtirib boriladi, unda    o‘z kasbiy faoliyati bilan  davlatimiz ravnaqiga hissa qo‘shib hurmatga sazovor bo‘lgan hozirda chekka tumanlarda o‘z bilimi, hayotiy tajribalari bilan mahalla  ravnaqiga  hissa qo‘shib kelayotgan kitobsevar  yoshi ulug‘  onaxonlarni kashf etishga qaratilgan.

Ushbu loyihaning ilk qahramonlari Urgut sadosi gazetasi  faxriy muhbiri,  filolog- jurnalist, pedagog  Muattar Salimova,  Urgut tuman sogʼlomlashtirish internat maktabining faxriy o‘qituvchisi Musallam Eshonqulovalar bo‘lishdi.


Feb. 3, 2025, 5:19 p.m.