"Ayol borki olam munavvar!"
📝"Ayol borki, olam munavvar!"
📌8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni.
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida "Ayol borki olam munavvar!" nomli tadbir 6 -123-umumta'lim maktablari kitobxonlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbir davomida oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʻrki boʻlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish azal-azaldan buyuk qadriyat boʻlib kelayotganligi, ayollar bilan hayotimiz goʻzal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshonligi haqida iliq so'zlar aytildi. Shuningdek, Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlarning , ayollarning oiladagi o‘rni haqida ta'kidlab, o'zlarining kuy va qo'shiqlari bilan barchani xushnud qilishdi. Kitobxonlar va kutubxona xodimlariga juda katta taassurot qoldirdi.
March 7, 2025, 9:22 a.m.