Axborot-kutubxona markazida kitobsevarlar klubi a’zolari o‘rtasida taniqli yozuvchi Maqsud Qoriyevning “Spitamen” romaniga bag‘ishlangan kitob targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.
Kitob targ‘iboti
Axborot-kutubxona markazida kitobsevarlar klubi a’zolari o‘rtasida taniqli yozuvchi Maqsud Qoriyevning “Spitamen” romaniga bag‘ishlangan kitob targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zbek adabiyotidagi tarixiy romanlar qatoridan munosib o‘rin egallagan ushbu asar haqida chuqur mulohazalar yuritishdi. Roman qahramoni Spitamenning o‘z yurtini bosqinchilardan himoya qilish yo‘lidagi mardlik, fidoyilik va vatanparvarlik fazilatlari kitobxonlar tomonidan alohida e’tirof etildi.
Klub a’zolari tomonidan asarda tasvirlangan tarixiy voqealar, obrazlar tahlil qilindi, yozuvchining uslubi va tarixiy haqiqatni badiiy tasvirlash mahorati haqida fikr almashildi.
Targ‘ibot yakunida kitobsevarlar yoshlarga tarixni bilish, Vatanga sadoqat, adabiyotga muhabbat tuyg‘ularini singdirishda bunday asarlarning o‘rni katta ekanini ta’kidlashdi. Tadbir barcha ishtirokchilarga ibrat va ilhom manbai bo‘ldi.
Aug. 7, 2025, 8:49 p.m.