Adib tavalludi
Adib tavalludi
📚Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Omon Matjon tavallud kuni nishonlandi. Tadbirda tibbiyot xodimlarining kitobxonlari ishtirok etdi. Tadbirda Omon Matjonning 1943- yil 14-fevral kuni Xorazmda tavallud topganligi. Adabiyot maydoniga 70-yillar boshida oʻzining oʻktam ovozi bilan kirib kelganligi ta‘kidlab o‘tildi.
Shoirning eng yaxshi she’rlari 20 ga yaqin she’riy to‘plamga jamlangan, shuningdek,“To‘rabekaxonim” nasriy qissasi va “Najmiddin Kubro”, “Ardaxiva” badialari chop etilganligi, Omon Matjon ijodida “Cho‘ldagilar” doston xronikasi, “Gaplashadigan vaqtlar” she’riy qissasi alohida o‘rin egallaganligi aytib o‘tildi. Shoirning 2000-yili “Avesto”ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan “Ardaxiva” asari chop etilgan.Adib adabiyotga qoʻshgan hissalari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo'lganligi e'tirof etildi.
Feb. 13, 2025, 8:49 p.m.