Abdusaid Ko'chimovning tavallud kuni munosabati bilan tadbir

📚 Urgutlik hamyurtimiz 

Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va kitobxonlari ishtirokida ugutlik yozuvchi va shoir Abdusaid Ko‘chimov tavallud kuni nishonlandi. Tadbir davomida A.Ko‘chimovning 1951 yil 15 mayda Urgut tumanida tug‘ilganligi,

O‘zbekiston jurnalistlari va Yozuvchilari uyushmasining a’zosi ekanligi,uning birinchi kitobi – “Kashfiyotchi bolalar” 1978 yili chop etilganligi, adibning “Baland tog‘lar” qissasi va “Boychechak” hikoyasi asosida ko‘p qismli badiiy filmlar yaratilganligi,“Halqa” va “Hayot hukmi” nomli kitoblari Xitoy Xalq Respublikasida nashr etilganligi, bir qancha hikoya, qissa va she‘rlari rus, ukrain, moldovan, turk va boshqa jahon tillariga tarjima qilinganligi, tabiatni asrab-avaylash mavzuidagi asarlari uchun Xalqaro YUNESKO mukofoti, “Halqa” kitobi uchun G‘afur G‘ulom nomidagi mukofot berilganligi, A.Ko‘chimov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni, “Shuhrat” medali,”Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlanganligi takidlab o‘tildi.


May 15, 2025, 5:33 p.m.