Abdusaid Ko'chimovning tavallud kuni
#Tavallud kun
Abdusaid Koʻchimov 1951-yil 15-mayda Samarqandning Urgut tumanida tug'ilgan. Tumandagi 37-maktabni (1967), Toshkent pedagogika institutini oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1968-1972).
Mehnat faoliyatini „Lenin uchquni“ gazetasida ishlashdan boshlahgan.
1984-1991-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida maʼsul kotib, „Lenin uchquni “da bosh muharrir boʻldi.
1991-1997-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida boʻlim mudiri, Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida rais oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida axborot markazi rahbari vazifalarida faoliyat koʻrsatdi.
1997-2005-yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi Raisi.
2017-yildan Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori vazifasini bajarmoqda.
May 15, 2025, 5:26 p.m.