8-Dekabr – Konstitutsiya Xalqning Huquqiy Qalqoni!
8-Dekabr – Konstitutsiya Xalqning Huquqiy Qalqoni!
Bugun Urgut tuman axborot-kutubxona markazimizda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya xalqning huquqiy qalqoni" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
Ushbu ko'rgazmada Asosiy qonunimizning yaratilish tarixi, uning mazmun-mohiyati, inson huquq va erkinliklarining kafolatlanishi, shuningdek, davlatimiz taraqqiyotidagi o'rni haqidagi qimmatli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan kitoblardan iborat bo'ldi.
Keling, Asosiy qonunimizni o'rganaylik, unga amal qilaylik va mustaqil Vatanimizning ravnaqi uchun birgalikda harakat qilaylik! Vatanimiz tinchligi, taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi uchun Konstitutsiyamiz doimiy asos bo'lib xizmat qilsin!
Dec. 8, 2025, 11:08 p.m.