5-iyun Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda bibliografiya bo‘limi mutaxassisi Munira Akramova so‘zga chiqib ,barchani ushbu bayram bilan qutladi va mazkur sananing ahamiyati haqida soʻz yuritib, mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidladi.

Shuningdek ,Ona-yerimizni saqlab qolish, insonlarni qashshoqlikdan xalos qilish, iqtisodiy yuksalish, bularning hammasi bitta kurash doirasida erishiladigan maqsadlardir. Iqlim o'zgarishiga qarshi kurash, chuchuk suv tanqisligi, energiyaning yetishmovchiligi muammolarini hal qilish, butun dunyoda sog'liqni saqlash bilan bog'liq masalalarni yechish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan barcha sa'y-harakatlarimizni birlashtirishimiz darkor deya ta‘kidlab, barcha kitobxonlarni tabiatni asrashga qaratdi.


June 4, 2025, 5:40 p.m.