π3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni...
π1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida e'lon qilindi. Ushbu sananing asosiy maqsadi – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta’minlab, barcha uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurishdan iboratdir.Shu munosabat bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida nogironlarning jamiyatdagi o‘rni ,ular uchun yaratilgan sharoitlar haqida fikr bildirildi. Shuningdek, O‘tkir Xoshimovning kitob taqdimoti o‘tkazildi.Taqdimot bibliografiya bo‘limi mutaxassisi Sevinch tomonidan tashkil etildi. Taqdimot barcha ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi.
Dec. 3, 2024, 4:56 p.m.