" 21-oktabr- O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun"
" 21-oktabr- O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun"
Dunyo xalqlari va millatlarining madaniy o‘zagi va asosiy muloqot manbai bu ularning milliy tili hisoblanadi. Shunday ekan har bir tilning saqlanishi hamda yosh avlodga yetkazilishi, xalq taraqqiyoti va uning kelajagini belgilaydi.
1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Bu Qonun xalqimizning mustaqillik uchun qo‘yilgan dastlabki qadami bo‘ldi. Ushbu Qonunning 1-moddasi va Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili” ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlanishi ham belgilab qo‘yilgan
Oct. 22, 2025, 3:45 p.m.