2026 yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”
Yurtimizda mahalla institutini mustahkamlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlar va ma’naviy-ma’rifiy hayotni yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida mazkur mavzuda kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada:
jamiyat taraqqiyoti, fuqarolik faolligi va ijtimoiy hamjihatlik mavzularidagi ilmiy-ommabop adabiyotlar,
milliy qadriyatlar, ma’naviyat va tarbiya masalalariga bag‘ishlangan asarlar,
Prezidentimiz asarlari va soha mutaxassislari tomonidan yaratilgan manbalar keng o‘rin oldi.
Jan. 14, 2026, 10:42 a.m.